111

Restoran «Golubie Kupola»‎

Bizning restoranimiz menyusi mualliflik mahsuli bo’lib Yevropa, Xitoy, Hindiston, Fors va boshqa mamlakatlarning gastronomik yo’nalishlarini o’z ichiga olgan Markaziy Osiyo milliy taomlarini an’anaviy tayyorlash usullariga asoslangan. Bu esa restoranimizning organik ravishda nafaqat menyuda, balki binoning interyeri va me’morchiligida ham aks ettirilgan, Yevropa va Osiyo xalqlarini birlashtirgan yo’l – «Buyuk Ipak yo’li» g’oyasiga asoslangan konseptsiyasi va falsafasiga mos keladi.  Bizning restoranimiz tomonidan taqdim etilayotgan taomlar Markaziy Osiyo xalqlarining ko’p asrlik oshpazlik an’analari, Vatanimiz dalalarining saxovati, Sharq xalqlarining mehmondo’stligi, iliqligi va jahon miqyosidagi ulkan gastronomik tajribani o’zida mujassam etgan. Umid qilamizki, bizning taomlarimiz sizni va nafis didingizni hayratda qoldiradi. Yoqimli ishtaha!
Sharqona «Golubie Kupola»‎ yaratgan qadimiy haykaltaroshlar uchun osmonning o’zi namuna bo’lib xizmat qilgan. Ko’p asrlar ilgari shahar uzra ko’tarilgan bu ajoyib gumbazlar bugungi kunda samo bilan raqobatlashmoqda. Ko’p qavt o’tganiga qaramay sharqiy quruvchilarning ko’plab asarlari saqlanib qolgan, biroq bitta ham me’moriy yodgorlik saqlanib qolmagan taqdirda ham, yorqin «Golubie Kupola»‎ noyob ko’rinishi baribir tarixda abadiylashgan bo’lar edi!

Kunning oxirida Sharqiy osmon huddi Markaziy Osiyo quyoshining nurlari ostida yonayotgandek ko’k rangini yo’qotadi . Faqatgina gumbazlarni qoplagan moviy qiyom rangi so’nmaydi. Bu noyob qiyom qadimgi ustalarning siridir. XX asrda mutaxassislar ushbu bo’yoqqa noyob angof daraxtining maydalangan yog’ochi qo’shilganligini aniqlashgan. Hozirda texnologiyalar ilgarilab ketgani sabab bezatish ishlari uchun mutlaqo boshqa materiallardan foydalaniladi, ammo «Golubie Kupola»‎ sehri abadiy qoladi! Noyob go’zallikka ega gumbazlar bizning restoranimizda ham barpo etilgan. Tashqaridan osmon kabi moviy mozaika bilan qoplangan, ichkaridan esa xalq ustalarining eng nozik mahoratlari bilan bezatilgan. Ushbu ulkan kompozitsiyani mukammal go’zallikka ega qandil to’ldirib turadi.
Shunday go’zallikdan bahramand bo’lishni xohlaysizmi? Unda «Golubie Kupola»‎ restoraniga tashrif buyuring, sizni albatta kutamiz!

img_1503
2017_02_22_11_58_img_0680
2017_02_22_11_59_img_0681
2017_02_22_11_59_img_0682
2017_02_22_11_59_img_0685
2019_02_14_13_20_img_1795
img_0717

Noyob restoran interyerida to’y fotosessiyalari

«Golubie Kupola»‎ 50 yildan buyon Toshkentning tashrif qog’ozlaridan biri bo’lib kelmoqda. Restoran arxitekturasi V. Muratov tomonidan 60-yillar oxirida yaratilgan, interyeri esa «TIM» rassomlari va me’morlari ijodiy guruhi tomonidan yangilanganishi natijasida noyob binoga ikkinchi hayot bag’ishlangan. Ushbu loyihaning o’ziga xosligini ko’plab teleko’rsatuvlar, intervyular, romantik turmush qurish takliflari va to’y fotosessiyalari, ya’ni farzandlar va nabiralar uchun oilalar xotirasida qoladigan kunlar tasdiqlashgan. «Golubie Kupola»‎ – bu Toshkent shahri va uning aholisi tarixidir!
Siz to’y marosimi o’tkazmoqchisiz va interyer fotosessiyasi unutilmas bo’lishini xohlaysizmi? «Golubie Kupola»‎ restoranidagi fotosessiya – bu sharqona ertak mavzusidagi bir nechta hududlar bo’lib, ularning har biri o’ziga xos uslubda ishlangan. Chiroyli yog’och o’ymakorligi, rangli mayolika va chiroyli qandilli gumbazlar ichida restorandagi to’y fotosessiyasi shohona bo’ladi. Jahonning eng sara kolleksiyalaridan maxsus keltirilgan muhtasham mebel bilan bezatilgan restoran interyerida har qanday kelin o’zini malikalardek his qiladi.
P.S. Restoranning noyob interyeri tantanali tadbirlarda zalni bezatish xarajatlari sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Bosh oshpazdan mualliflik taomlari

Haqiqiy mualliflik oshxonasi taomlari huddi rassomning nodir asarlari kabi boshqa mualliflarning san’at namunalaridan doimo ajralib turishi kerak. Agar bu haqiqatan mualliflik oshxonasi bo’lsa, har bir taom noyob bo’lishi va ularni boshqa hech qayerda topishning iloji bo’lmasligi kerak. Agar bosh oshpaz shunchalik iqtidorli bo’lib bir nechtagina taom emas butun restoran menyusini kashf etgan bo’lsa, bu restoranning oshxonasini muallifga tegishli deb atash mumkin. Mualliflik taomlariga ega bo’lmasdan Yevropaning restoran biznesida mashhur oshpaz bo’lib tanilishning iloji yo’q. Misol uchun, Mishlen yulduzlarini faqat mualliflik oshxonasiga ega bo’lgan restoranlar qozonishi mumkin.
Eski Yevropada mualliflik taomlari deb noyob gastronomik lazzatlarni yaratish nazarda tutiladi. Shu sababli mualliflik restorani oddiy restorandan va hatto juda mashhurlaridan ham har qanday holatda yuqoriroq va qimmatroq bo’ladi.
«Golubie Kupola»‎ restoranining menyusida siz dunyodagi hech bir joyda tatib ko’ra olmaydigan 50dan ortiq taomlar mavjud. Ushbu taomlar bizning restoranimizda yaratilgan va ularning retseptlari qat’iyan sir saqlanadi. Sharqona fikr va zamonaviy tendentsiyalar, milliy taomlar va ko’plab mamlakatlarning gastronomik merosini o’zaro bog’lash kontseptsiyasi rioya qilgan holda restoranimizda «Banan barglarida tandirda pishirilgan forel»,» Basturmali bodom krem sho’rvasi»,»Kus-kus, vok sabzavotlari, uzum va olcha pastilasidan tayyorlangan salat» va boshqalar kabi taomlar yaratilgan. Sizni «Golubie Kupola»‎ restoranimizga oshpazimizning noyob taomlarini tatib ko’rish uchun taklif qilamiz!
img_0310
img_0311
img_0320
img_0317
img_0316
img_0312

Главное меню